Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sakkizinchi sinf o‘quvchisi derazadan sakrab, halok bo‘ldi, deb yozadi KNews Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasiga tayanib.

Foto: “Ekois.net”

Foto: “Ekois.net”

Baxtsiz hodisa 1-fevral kuni ertalab sodir bo‘ldi. Bola to‘rt qavatli uy derazasidan sakradi.

“Ayni paytda voqea yuz bergan vaziyat aniqlashtirilmoqda, hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Bu internet tarmog‘ida o‘smirlar orasida faollik bilan ommalashayotgan, o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha ‘Ko‘k kit’ aksiyasiga bog‘liq yoki bog‘liq emasligi hozircha noma’lum”, — deyishdi muassasadagilar.

Nashr eslatishicha, bunday fleshmob Qirg‘izistonda ham ommalashmoqda. “O‘yin ‘Ko‘k kit’ deb nomlanadi. U o‘z joniga qasd qiluvchilar uchun. 50 kun ichida turli topshiriqlarni bajarasan va oxirida o‘zingni o‘ldirasan — mana shu g‘alaba hisoblanadi. Agar yuta olmasang, senga yordam berishadi”, — deb javob berdi Instagram foydalanuvchilaridan biri KNews muxbiriga.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi