Dunyoga mashhur Pac-Man o‘yinini chiqargan Namco Ltd. kompaniyasi asoschisi Masaya Nakamura 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Japan Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Uning vafoti sabablari ma’lum qilinmadi.
Namco Ltd. kompaniyasi turli videoo‘yinlar, jumladan, dunyo bo‘yicha mashhur Galaxian va Tekken o‘yinlarini ishlab chiqqan.
Pac-Man o‘yini 1980-yilda dunyo bo‘yicha eng muvaffaqiyatli loyiha sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)