Namanganlik yozuvchi va jurnalist Rustamjon Ummatov fransuz yozuvchilarining mashhur romanlari, jumladan, Aleksandr Dyumaning “Ikki Diana” va Sharl Loranning “Napoleon josusi” hamda “Napoleon o‘g‘li” asarlarining tarjimalarini taqdim etdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Taqdimot Nodira nomidagi axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Bundan avval Rustamjon Ummatov Jyul Vernning “Klodius Bombarnak”, “Muzlikda qishlov”, “Robinzonlar maktabi”, “Montesuma qizi” asarlarini va boshqa mualliflar ijod mahsullarini tarjima qilgan.
Ayni kunlarda namanganlik yozuvchi Aleksandr Dyumaning “Kavaler de Mezon Ruj” romani, shuningdek, Ann va Serj Golon yaratgan 14 tomli “Anjelika” asarlar jamlanmasini o‘zbek tiliga tarjima qilish ustida ish olib bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)