O‘zbekistonda 2017-yil yakuniga qadar “Davlat minimal ijtimoiy standardlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, deb xabar beradi Uzbekistan Today. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni loyihasida ma’lumot berilgan.
Mamlakatda barcha ijtimoiy to‘lovlar va aholi ehtiyojlarining hajmi mazkur qonunda belgilanuvchi normalardan kelib chiqqan holda hisoblanishi kutilmoqda.
Qonunda ta’lim, tibbiy xizmat va uy-joy bilan bog‘liq inson ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Bunday turdagi normativ hujjat O‘zbekistonda birinchi bor qabul qilinadi.
Qonun loyihasini ishlab chiquvchi guruh Moliya, Iqtisodiyot, Mehnat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mutaxassislaridan tashkil topadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)