Meksikada AQShdan olib kelinayotgan mahsulotlarni boykot qilishga chaqiruvchi kampaniya boshlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Meksika faollarining bunday harakatiga AQSh prezidenti Donald Trampning Meksikaga nisbatan yuritayotgan siyosati sabab bo‘ldi.
Faollarning ayrimlari AQShning McDonalds, Walmart va Coca-Cola singari kompaniyalariga ham boykot e’lon qilishga chaqirmoqda. Internet tarmog‘ida #AdiosStarbucks (“Alvido, Starbucks”) heshtegi keng tarqalmoqda.
Faollardan biri mamlakatda ish o‘rinlari yaratayotgan Meksika kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shish lozimligini qayd etdi.
Uning fikricha, Meksikada faoliyat olib boruvchi AQSh kompaniyalariga boykot e’lon qilish ushbu muassasalarni Trampga ikki mamlakat o‘rtasida devor qurish hamda noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish bilan bog‘liq qarorlarini yumshatish bo‘yicha murojaat qilishga majbur qilishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)