So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va aholi o‘rtasida O‘zbekistonda 11 yillik ta’lim tizimi qayta tiklanishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqalayotgan edi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Bu masalaga Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida davom etayotgan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalikning to‘rtinchi kuni doirasida O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev to‘xtalib o‘tdi.
9+3 sxemasi bo‘yicha ta’lim tizimi O‘zbekistonning asosiy strategiyasi etib belgilangan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan ushbu tizim jahon hamjamiyatida O‘zbekiston modeli sifatida tan olingan va bu yo‘ldan ortga qaytilmaydi.Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida ta’lim sohasidagi islohotlarni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari asosida joriy qilingan.Dilmurod Turdiyev, O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)