Chilidagi o‘rmon yong‘inlari bir necha kundan beri davom etmoqda, deb yozadi Meduza. Quyidagi fotosurat 25-yanvar kuni Chili poytaxti Santyagodan 450 kilometr uzoqlikdagi manzilgohda olingan.
Bu Chili uchun yanvardagi odatiy manzara, biroq 2017-yilda o‘rmon yong‘inlari rekord daraja katta maydonlarni qamrab oldi; Chili hukumati boshqa mamlakatlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Xususan, AQShdan Boeing 747-400 Super Tanker o‘t o‘chiruvchi samolyoti yetib kelgan. Chili ma’muriyatining fikricha, kamida bir necha yong‘in odamlar tomonidan qasddan uyushtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)