Har birimiz yaxshi ko‘rinishni va chiroyli qomatga ega bo‘lishni istaymiz. Ko‘pchilik holatlarda faqat sport bilan shug‘ullanibgina yaxshi jismoniy ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Biroq o‘ziga mos keluvchi sport turini hamma ham bilavermaydi va haqiqatda kerakligi emas, eng ommabopi bilan shug‘ullanishga kirishadi. Sizga aynan qaysi sport turi mos kelishini anglab yetish uchun sportga bo‘lgan qiziqishlaringizni aniqlab olish kerak bo‘ladi.
Siz tanlagan sport turi sizga zo‘riqish va charchoq emas, faqat qoniqish hissini keltirishi lozim. O‘zingiz uchun yaqin bo‘lgan sport turini aniqlab olganingizdan so‘ng sog‘lig‘ingiz va jismoniy tayyorgarlik holatingizni ham tahlil qilib chiqing.
Shundan so‘ng ro‘yxatingizdagi sport turlaridan birini tanlash haqida qaror qabul qilishingiz mumkin — kuch ishlatishni talab qiladigan yoki nafas yo‘llarini chiniqtiradigan sport turi. Suzish, yugurish va piyoda yurish neytral sport turlari hisoblanadi.
Ana endi sport bilan shug‘ullanishdan qanday maqsad ko‘zlaganligingizni aniqlab oling. Agar egiluvchan va harakatlaringiz nafis bo‘lishini istasangiz gimnastikaga qarab yo‘l oling. Mushaklaringizni chiqarmoqchi bo‘lsangiz trenajyor zali yoki suzishni tanlang. Agar mashg‘ulotlarda suhbatdosh kerak bo‘lsa, jamoaviy sport turi bilan shug‘ullaning. Oyoqlaringiz mushaklarini taranglashtirmoqchi bo‘lsangiz tongda yoki kechki payt yugurishni boshlang.
Sport bilan shug‘ullanishni boshlar ekansiz zararli odatlardan voz kechish ham talab etiladi.
O‘zingizga aynan mos keluvchi sport turini topishda va oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishishda omad tilaymiz!
Izoh (0)