Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Toshkent” teleradiokanalidagi “Poytaxt yo‘llarida” ko‘rsatuvi bugun, 19-yanvar kuni soat 21.00 da efirga uzatiladi. Ko‘rsatuvning bu soni qoidabuzar piyodalarga nisbatan ko‘rilayotgan qonuniy choralar haqida. Bu haqda “Toshkent” kanali “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: “Toshkent” kanali

Foto: “Toshkent” kanali

Yo‘llardagi harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi qonun-qoidalarni pisand qilmagan harakat ishtirokchisiga nisbatan, piyoda yoki haydovchiligidan qat’iy nazar, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘riladi. YHQga amal qilishni istamagan piyoda O‘zRMJTKning 138-moddasiga asosan, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ya’ni eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. Qoidani buzgan piyoda yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligini bahona qilib jazodan qochib qolishi ko‘zlashi mumkin. Lekin YPX xodimlariga bu fuqaroning shaxsini aniqlash ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shu hududdagi tuman IIBda fuqaroning shaxsi bir necha daqiqada aniqlandi. Shu hujjat asosida qoidabuzar piyodalar jarimaga tortildilar.

Foto: “Toshkent” kanali

Foto: “Toshkent” kanali

Piyodalar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari, ularni keltirib chiqarayotgan sabablar, yo‘l-transport hodisalari natijasida guldek umrlari bevaqt hazon bo‘layotgan insonlar haqida juda ko‘p gapirilgan. Lekin shunday bo‘lsada, bu mavzu hamon eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Negaki, hamon avtomobil yo‘llarimizda piyodalar goh haydovchilarning, aksariyat o‘zlarining ayblari bilan, ya’ni “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya qilmasliklari, harakatlanish xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzishlari oqibatida hayotdan ko‘z yummoqdalar.

Foto: “Toshkent” kanali

Foto: “Toshkent” kanali

Harakat xavfsizligini ta’minlash, ko‘pgina qoidabuzarliklarni cheklash, demakki harakat ishtirokchilarining jarimaga tortilishlari oldini olish maqsadida yo‘l o‘rtasiga o‘rnatilgan panjaralar, ayrim fuqarolarning fikricha, piyodalar bilan bog‘liq YTHga sabab bo‘layotgan ekan. Ko‘rsatuvimizga ham ana shu kabi fikrlarni bayon etuvchi murojaatlar bo‘lganligi sababli biz ijodiy guruhimiz bilan kuzatuv olib borishni lozim topdik. Ilk taassurot bo‘yicha fikr yuritadigan bo‘lsak, haqiqatan ham yo‘lni kesib o‘tishga shaylanib turgan piyoda to‘siq ortida ko‘rinmaydi. Demak, avtomobil boshqarib kelayotgan haydovchi ilk nazarda piyodalar o‘tish joyida odam borligini ilg‘amasligi mumkin. Lekin mana bu chiziqlar va yo‘l belgisi bu joy piyodalar yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishlari uchun maxsus barpo etilganligini ko‘rsatadi.

Foto: “Toshkent” kanali

Foto: “Toshkent” kanali

Haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga kelganda, u yerda odam bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, tezlikni kamaytirishi shart. Agarda o‘tish joyida piyoda ko‘rinsa, albatta to‘xtab piyodani o‘tkazib yuborishi kerak. Mana shu kabi vaziyatlar ko‘pincha haydovchi va YP inspektori o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lardi. Chunki avvalgi YHQda haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l berishi shart deb yozib qo‘yilgandi. Shu sababdan ham tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida ko‘chani kesib o‘tishga shaylanib turgan birgina insonga yo‘l berish ulovlarida manzillariga shoshilib ketayotgan haydovchilarga malol kelardi. 2016-yil 1-martdan kuchga kirgan yangi YHQning aynan shu bandiga o‘zgartirish kiritilib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda va piyodalar deb alohida ko‘rsatib qo‘yildi.

Foto: “Toshkent” kanali

Foto: “Toshkent” kanali

Lekin ayrim piyodalar maxsus o‘tish joylari ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan aynan mana shu panjaralar ustida oshib o‘tishni ko‘zlaydilar. Piyodalar bu harakatlari bilan YXKni buzayotganliklarini, haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirayotganliklarini, o‘z hayotlarini jiddiy xavf ostida qoldirayotganliklarini o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Ularni tartibga chaqirsangiz sizdan achchiqlanib, xafa ham bo‘lishadi.

Foto: “Toshkent” kanali

Foto: “Toshkent” kanali

YTHga ko‘proq kim sababchi, piyodami yoki haydovchi? Har birimiz hech bo‘lmasa bir martagina bo‘lsa ham shu savolni o‘zimizga berganimiz aniq. Agarda biz ko‘pchilikni tashkil qiluvchi piyodalar safida bo‘lsak, albatta, mushohadamiz piyodalar foydasi bilan yakunlangan. Aniq faktlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, YTHlar sodir bo‘lishiga sabab-omillar orasida haydovchilarning bir qator qoidabuzarliklari bilan birga YHQini umuman o‘ziga aloqasi yo‘q deb hisoblaydigan piyodalar ham o‘zlariga yarasha o‘rinni egallab turibdilar.

Foto: “Toshkent” kanali

Foto: “Toshkent” kanali

Bu kabi holatlarni namoyish etishni davom ettirish mumkin-u, lekin biz xohlamasdik. Sababi yoqimsiz illatlardan ko‘ra ko‘z quvonar xislatlar haqida gapirish maroqliroq. Yuqorida sanab o‘tilgan xavfli piyodalarga qarshi kurashishning ham foydasi kamroq. Toki o‘zlari xatolarini tushunib yetmagunlaricha. Shu o‘rinda YHQga murojaat qilishni lozim topdik. YHQ 5-bandida piyodalarning burch va vazifalari aniq qilib belgilab qo‘yilgan. Lekin afsuski, bu qoidalarni ham piyodalar emas, balki yo‘llarda xavf-xatarsiz harakatlanishni istagan, ko‘zlagan manziliga kutilmagan va albatta ko‘ngilsiz hodisalarsiz yetib olishni ko‘zlagan haydovchilar o‘qib, yaxshilab o‘rganib olganlar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Parkentda bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan suratlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Dunyo
Yadroviy urushning oldini olgan SSSR zobitiga hayfsan berilishi, xotinidan qasos olish uchun samolyotni uning uyiga urgan uchuvchi, “Karavan”dagi qotillik. Kun xro...
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...