Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

TIV rahbari 2017-yil 16-yanvarda Qirg‘izistonda ko‘plab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bo‘lishiga olib kelgan Boeing-747 yuk samolyoti halokatga uchrashi munosabati bilan ta’ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

Muvaqqat ishlar vakili Azamat Mambekov Qirg‘iziston rahbariyati va xalqi nomidan O‘zbekiston tomoniga hamdardlik va dalda uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga mazkur fojia munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi