Toshkent shahri Rohat postida 16-yanvar, dushanba kuni jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar bermoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Xabarga ilova qilingan suratlarda Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarining bir-biriga urilishi oqibatida jiddiy zarar ko‘rganini ko‘rish mumkin.
Asosan haydovchilardan iborat “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari mazkur suratlarni keng muhokama qilmoqda. Ularning ayrimlari YPX posti yaqinida bunday katta tezlikda harakatlangan va navbatini kutmay qatorga yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda qo‘shilib olmoqchi bo‘lgan haydovchini qoralasa, boshqalar esa asl vaziyatni bilmasdan turib, xulosa chiqarmaslik fikrini ilgari surmoqda.
Internet foydalanuvchilarining fikriga ko‘ra, YTH haydovchilardan birining tezlikni oshirishi yoki tormoz pedali o‘rniga gaz pedalini bosib yuborgani oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)