Kataloniya hukumati raisi Karles Puchdemon Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga rasmiy maktub yo‘llab, unda boshqa muxtor viloyatlar rahbarlari bilan uchrashuvda nima sababdan bo‘lmaganini tushuntirib berdi. Bu haqda, ABC’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bir betlik qisqa maktubda Kataloniya rahbari uchta imloviy xatoga yo‘l qo‘ydi. Bundan tashqari, Puchdemon Kataloniya ayirmachilariga xos tarzda muxtor o‘lka nomini ispan tilida emas, katalancha yozdi.
Raxoy 17-yanvar kuni muxtor mintaqalar rahbari bilan uchrashdi. Puchdemon bu uchrashuvda ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Shuningdek, o‘z maktubadia Puchdemon rasmiy Madridni Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Izoh (0)