Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Seulda Janubiy Koreyaning BMTdagi elchisi va to‘rt yirik davlat — Rossiya, AQSh, Xitoy va Yaponiyaning mamlakatdagi elchilarining favqulodda uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: Trend

Foto: Trend

“Uchrashuvni Janubiy Koreya tashqi siyosiy mahkamasi rahbari Yun Byon Se o‘tkazadi. Unda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An ham ishtirok etadi. Bunday tadbir murakkab tashqi siyosiy vaziyatga munosabat bildirish zarurati tufayli ilk bor o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Janubiy Koreya TIV xabarida.

Diplomatlar Koreya yarim oroli va Shimoli-sharqiy Osiyoning dolzarb muammolarini muhokama qilishi ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, AQSh va KXDR o‘rtasidagi taranglik, Janubiy Koreya va Xitoy munosabatlarining mamlakatda THAAD tizimi joylashtirilishi rejalari tufayli yomonlashuvi, Yaponiyaning Seuldan elchisini chaqirib olishi bilan bog‘liq holat ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi