Qirg‘izistonda motam kuni e’lon qilinadi, deya xabar bermoqda “AKIpress” mamlakat prezidenti apparatiga tayanib.
Tez orada prezident Almazbek Atambayev tegishli farmonni imzolaydi.
Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 yuk samolyoti 16-yanvar, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 6:25 da Bishkek ostonasidagi “Dacha” qo‘rg‘onidagi uylar ustiga qulagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, 15 ta uy vayron bo‘lgan, qurbonlarning 4 nafari esa samolyot ekipaji a’zolaridir.
Izoh (0)