Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qirg‘iziston transport va yo‘llar vaziri Jamshidbek Kalilov Boeing samolyoti Bishkek aeroporti yaqiniga qulashining dastlabki sababini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Boeing 747 Manas aeroportining qo‘nish yo‘lagiga to‘g‘ri tusha olmagan.

Foto: “Qualnews.ru”

Foto: “Qualnews.ru”

“Hozir hodisa joyida mutaxassislar ishlamoqda, halokat sabablarini tekshirish bo‘yicha shtab tashkil qilingan. U yo‘lakka texnik nosozlik yoki ob-havo sharoitlari tufayli tusha olmaganini biz hozircha ayta olmaymiz”, — dedi vazir.

Gonkongdan Istanbulga uchayotgan Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 yuk samolyoti 16-yanvar, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 6:25 da Bishkek ostonasidagi “Dacha” qo‘rg‘onidagi uylar ustiga qulagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, 15 ta uy vayron bo‘lgan, qurbonlarning 4 nafari esa samolyot ekipaji a’zolaridir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi