Xitoy aviakompaniyalarida faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘lajak bort kuzatuvchilar maxsus mashg‘ulotlarda chiroyli o‘tirishni, tizzalarni mahkam siqqan holda turishni o‘rganadi, deb yozadi TJournal.
Mazkur mashg‘ulotlarda, shuningdek, muloqot ko‘nikmalari, nafis pozalar va xatti-harakatlar ustida ham ishlanadi. Design You Trust portali shunday mashg‘ulotlardan biri aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Turish pozalari ustida ishlash jarayonida qizlar oyoqlari holatini nazorat qila olishi uchun ularning tizzalari orasiga oddiy qog‘oz varag‘i joylashtiriladi.
Instruktor bergan buyruq bo‘yicha qizlar ko‘zgu qarshisida kerakli pozada turishadi.
To‘g‘ri yurish — stuardessa o‘zlashtirishi shart bo‘lgan malakalardan biridir.
Salomlashish ustida ham alohida shug‘ullaniladi.
Qizlar oyoqlarini chalishtirgan holda nafis o‘tirishni mashq qilishadi.
Tor yubkada chiroyli o‘tirishning to‘g‘ri usuli:
Tabassum tishlar orasida tayoqchani mahkam tutgan holda, boshni to‘g‘ri tutish esa unga jurnalni qo‘ygan holda mashq qilinadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)