Rossiyaning “Match-TV” nashri eng katta maosh oluvchi 10 nafar futbolchi nomini keltirib, ularning dastlabki ikki nafari Xitoy Super ligasida to‘p surishiga oydinlik kiritdi.
Yaqindagina “Shanxay Shenxua” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan Karlos Teves haftasiga 615 ming funt maosh oladi. Bu esa argentinalik hujumchi har yili o‘z klubidan 32 million funt sanab olishini bildiradi.
O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov bilan birga to‘p suradigan Oskar ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Shanxay shahrining boshqa bir klubi “Shanxay SIPG” safiga qo‘shilgan braziliyalikning haftalik maoshi 400 ming funtni tashkil qiladi. Bu esa dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi sifatida e’tirof etiladigan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan ko‘p deganidir.
Mos ravishda Ronaldu va Messi o‘z klublaridan yillik 19 million funt maosh oladi. Bu haftasiga 365 ming funtga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)