Amerikaning Kolduell shahrida (Aydaxo shtati) istiqomat qiluvchi Nelson Uilson uyi yaqinidagi metall quvurga oyoqlari bilan yopishib qolgan chumchuqning hayotini saqlab qoldi, deb yozadi TJournal.
Uilson yangi yil tongida otlariga ozuqa berish uchun yo‘l olganda qushni ko‘rib qoldi. Chumchuq ehtimol bakdagi suvni ichayotganda oyoqlariga suv tekkizgan, shundan so‘ng metall quvurga qo‘nganda unga yopishib qolgan.
Fermer issiq nafasi bilan uni isitdi, so‘ngra qushni to‘liq ozod qilish uchun uning oyoqlarini ehtiyotkorlik bilan ishqaladi.
“Yangi yilni boshlashning ajoyib usuli”, — deya taassurotlari bilan bo‘lishdi Uilson.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)