Yangi Yil oqshomida Istanbuldagi Reina tungi klubiga uyushtirilgan hujumning taxmin qilinayotgan ijrochisi uyg‘ur millatiga mansub. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Veysi Qaynoq bayonot berdi, deb xabar qiladi “Vedomosti”.
Hukumat vakilining so‘zlariga qaraganda, gumondor chet elga qochgani taxmin qilinmoqda, lekin uning Turkiyadagi manzili aniqlandi.
Terrorchi qatliomni yolg‘iz amalga oshirgan, ammo uning yordamchilari bo‘lgani istisno qilinmayapti.
Izoh (0)