Janubiy Koreyaning Saturday Night Live shousi komik aktyorlari Gollivudda suratga olingan “Doktor Strenj” filmiga bir nechta parodiyalarni suratga oldi, deb xabar bermoqda TJournal.
Film qahramoni – amaliy sehrgarlikni o‘rgangan shifokor Strenj o‘z kuchini dunyoni saqlab qolish uchun ishlatadi. Quyida “Doktor Strenj” filmining treylerini ko‘rish mumkin.
Koreyalik komik aktyor esa ko‘chalarda oddiy holatlardan foydalangan holda atrofdagilarni hayratga solishga urinadi. SNL Korea’dagi Strenj doimi ikkita yigit kuzatuvi ostida bo‘ldi. Ular koreyalik Strenjning xatti-harakatidan hayratlanadi.
Koreyalik Strenjning sehrgarliklari afsungar Devid Bleynning “ko‘cha afsungarligi” nomli YouTube parodiyalariga o‘xshab suratga olingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)