Kichkina bolakayning “fikran buyruq” berish orqali eshikni ochishi aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘ldi. Bu haqda “Zvezda” kanaliga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Bolakayning yoshi taxminan bir yarim yoshda, kadrni uning ota-onasi suratga oldi. Voqea aeroportda ro‘y berdi. Eshik yoniga yetib, unga qo‘l cho‘zgan bolakay eshikning o‘z-o‘zidan ochilganidan hayratga tushdi.
U bir zum to‘xtab turib, yuqoridagi harakatini qaytadan amalga oshirdi. Eshik yana ochildi. Bolaning hayratlanib, dunyoni anglashga urinishi ota-onasining yuziga kulgi yugurib, bo‘lib o‘tgan voqeani videoga olishga undadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)