Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 1-yanvar, yakshanba kuni an’anaga ko‘ra Kimsusan saroyiga yo‘l oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: LiveJournal

Foto: LiveJournal

Koreya mehnat partiyasi va Davlat kengashi raisi saroyda o‘rnatilgan Kim Ir Sen va Kim Chen Ir haykallari qarshisida ularning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bobosi va otasi jasadlari solingan shaffof tobutlar qo‘yilgan zallarga tashrif buyurdi.

Yangi yil munosabati bilan mamlakat ahliga yo‘llangan tabrikda Kim Chen In “KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ixtilofga chek qo‘yish”, “koreys millati urinishi bilan Shimol va Janub orasidagi munosabatlar yaxshilanishiga yo‘l ochish”ga chaqirdi.

Shu bilan birga, Kim Chen In mamlakat harbiy salohiyatini yanada mustahkamlash niyatida ekani, KXDR qit’alararo ballistik raketasi yaratilishi oxirgi bosqichda ekanligini bildirib o‘tdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi