Ben va Ali Naneri 2009-yili turmush qurdi va o‘zlarining yangi uylarida to‘y fotosessiyasini o‘tkazdi. Ammo ularning baxtli kunlari uzoq davom etmadi — Ali 2011-yili o‘pka saratonidan vafot etdi. U o‘zidan so‘ng Oliviya ismli bir qizaloq qoldirib ketdi. Alining vafotidan so‘ng oila boshqa yerga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Sotuvga qo‘yilgan uy bilan xayrlashish uchun ota va qiz to‘y fotosuratlariga qaytadan tushishga qaror qildi.
“Men insonlar bu suratlarda azob va yo‘qotishni ko‘rishlarini istamagan bo‘lardim. Men rafiqamning o‘limidan haligacha o‘zimga kela olganim yo‘q, lekin hikoyam bu haqda emas — biz sevgi qissasini qayta tiklamoqchi edik”, — dedi Ben.
AdMe ushbu fotohikoyani o‘quvchilar e’tiboriga havola etdi.