Go‘zallik trendlariga har birimiz turlicha yondashamiz: kimdir ularga so‘zsiz amal qilsa, yana kimdir ehtiyotkorlik bilan sinab ko‘radi. Baxtimizga, 2017-yilda dizaynerlar makiyaj uslubini tanlashda cheklov qo‘ymaydi. Bu yilda deyarli barcha makiyaj uslublari trendda bo‘ladi.
Olcha rang
Olcha rangli lab bo‘yog‘i kuz faslida urf bo‘ldi va u ko‘pchilikka ma’qul keldi. Biroq bu rang to‘q rangdagi libos bilan uyg‘unlik hosil qilishi kerak. Bunday lab bo‘yog‘ini ehtiyotkorlik bilan surish lozim: bu rang quruq va po‘st tashlagan lablar va noto‘g‘ri tanlangan kontur bilan kelisha olmaydi.
Olov rang
Qizil rangdagi lab bo‘yog‘i barcha davrlarning mavsumdan tashqari klassikasidir. Uning oqshom makiyaji varianti ekanligini unuting. Endi siz uni hech ikkilanmasdan kundalik obrazingizga kirita olasiz.
Olxo‘ri rang
Bunday lab bo‘yog‘i har qanday yuzga mos tushadi, muhimi to‘g‘ri variantni tanlash. Oqish rang sohibalari olxo‘ri rangli lab bo‘yog‘ining qizg‘ish tuslarini tanlashi lozim bo‘lsa, qoramtirroq rangdagilar uchun uning deyarli barcha turlari mos keladi.
Sutli qahva
Bu rang esa mavsumning haqiqiy yangiligi. Aynan sutli qahva va kakao oralig‘idagi rang qishki obrazingizni ajoyib tarzda to‘ldirib turadi. Bunday lab bo‘yog‘i yirik to‘qishli katta hajmli sviter yoki trikotaj ko‘ylak bilan juda mos tushadi.
Pushti rang atirgul
Go‘zallik va nafislik etaloni, bahor va muhabbat ramzi hisoblangan pushti lab bo‘yog‘i 2017-yilda yana tantanavor qaytmoqda. Uning barcha ko‘rinishlari — ochiq, yorqin va yarimshaffof tuslari trendda bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.