“To‘g‘risini aytsam, millionerlar shunday yashashi mumkin, deb hech o‘ylamagandim. Aksincha, shunday sharoitlarda yashayotganlar millionerga aylanishi mumkinligini ham xayolimga keltirmagandim. Oddiy emas, dollardagi millioner!”, — deya bloger Sergey Anashkevichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TravelAsk.
Damir — qozog‘istonlik podachilardan. U, hech bir hazil-mutoyibasiz, haqiqiy millioner. Ha, uning turar-joyiga qarab, millioner deb taxmin qilish qiyin.
Uyini uy ham deb bo‘lmaydi asli.
Damir juda mehmondo‘st, lekin vaqti juda kam — tez orada tog‘ yon-bag‘ridagi podalaridan xabar olgani borishi kerak.
“Atigi 4,5 ming bosh qo‘yim, 400 ta sigirim, yana ikki yuzta otim bor”, — deydi Damir. Albatta, chorvachilikdan xabari yo‘q oddiy bloger buning qancha pul bo‘lishini bilmaydi.
Lekin uning qozog‘istonlik hamrohlari bu boradagi hisob-kitobni o‘rniga qo‘yadi: “Go‘shtga boqilgan otning narxi 1000 dollardan boshlanadi, sigir esa 500—800 dollar, qo‘y — 100 dollar. Bu narx — jonivorlar tiriklayin va ulgurji sotilsa. Agar go‘sht qilib sotsa, 200 dollardan arzonga qo‘y topolmaysan. Hisoblayver, kamida million chiqadi”.
Bunga ishonish qiyin, lekin Qozog‘istonda katta podalarning egalari haqiqatan ham millioner hisoblanadi.
Qo‘chqorlar — Damirning ixtiyoridagi eng qadrli jonivorlardir.
Qo‘chqorlarning boshqa bir nomi — ishlab chiqaruvchi qo‘ylar. Qishda ularni qo‘ylar podasiga qo‘yib yuborsang, bitta qo‘chqorning o‘zi bahorgacha 25—30 qo‘yni urug‘lantirib chiqadi.
Uy-joy qulayliklarining bari tashqarida joylashgan.
Somon aralash tappi — g‘aroyib bioyonilg‘i: uyni ham isitadi, ovqatga olov ham bo‘ladi.
“Damirning uyidan bir necha kilometrga uzoqlashganimizdan so‘ng, dashtda qo‘ylar podasini ko‘rdik. Kim bilsin, balki aynan shular mehmondo‘st qozoq cho‘ponining jonli pullaridir”, — deb xulosa qiladi bloger.
Izoh (0)