2016-yil kutilganidan bir sekundga uzunroq bo‘ladi. Odamlar yashayotgan vaqt hisobi (UTC) yorug‘lik kuni uzunligiga (UTI) mos kelishi uchun ularni sinxronlashtirish talab etiladi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Aytilishicha, Yer sayyorasining aylanishi sekinlashib borayotgani tufayli muvofiqlashtirish sekundi yoki kabisa sekundi tushunchasi kiritildi.
Ortiqcha sekund ketayotgan yilning oxirgi daqiqasiga ko‘shiladi, bunda har bir soat kamari uchun bir soatdan farq bo‘ladi.
Bu jarayonlarni maxsus tashkilot — Xalqaro Yer aylanish xizmati (International Earth Rotation and Reference Systems Service, IERS) kuzatib boradi. Fransiyada joylashgan ushbu tashkilot 1987-yili tuzilgan bo‘lib, u Yerning aylanish parametrlari hamda sayyora koordinatalarini baholash bilan shug‘ullanadi. Aynan shu xizmat ortiqcha daqiqa qo‘shishi qaroriga keldi.
Odatda olimlar muvofiqlashtirish sekundining qo‘shilishiga qarshi chiqadi, negaki bu texnikaning qotishi yoki buzilishiga olib keladi. Vaqtni to‘g‘rilashning osonroq yo‘li 1-iyul yoki 1-yanvar kunlari soat millarini bir sekund ortga surish hisoblanadi. Ammo oxirgi paytda sekund qo‘shish odat bo‘lmoqda. Jumladan, 2015-yili iyun oyiga kabisa sekundi qo‘shildi.
Izoh (0)