Belarusning “Startfrukt” kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda mintaqalarida bo‘lib, mamlakatda yetkazilayotgan yer yong‘oq sifatiga baho berdi va yetkazib beruvchilar bilan tanishdi. Bu haqda, “O‘zagroeksport” AJ xabariga asoslanib, UzDaily ma’lum qildi.
Tashrif Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan edi.
Delegatsiya Surxondaryo, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklari bilan tanishib chiqdi hamda O‘zbekistondan ko‘p miqdorda yer yong‘oq yetkazib berilishi bo‘yicha uzoq istiqbolli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
“O‘zagroeksport” bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra “Startfrukt” O‘zbekistondan Belarusga yer yong‘oq yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama eksport shartnomasini imzoladi.
Tovar yetkazilishi 2017-yildan boshlanadi.
Izoh (0)