Yangi yilni nishonlash ayollardan uylarni tartibga keltirish, bezatish, bayramona kechki taom tayyorlash, shuningdek, o‘zingizga ham vaqt ajratishni talab qiladi. Ko‘pincha makiyaj uchun juda kam vaqt qoladi. Shuning uchun bayram makiyajining uch xil — 60, 30 va 10 daqiqalik turlarini e’tiboringizga havola etamiz. Qisqa vaqt ichida ham yangi yil mo‘jizasini yaratish mumkin!
60 daqiqalik makiyaj
Vaqtingiz ko‘pmi, demak siz programma maksimum bo‘yicha harakat qilishingiz mumkin.- Birinchi navbatda namlantiruvchi krem, undan so‘ng tonal vositasini suring;
- So‘ngra burun qirralari va ko‘z ostiga konsilyerni yuritib chiqing. Natijani yengil pudra bilan mustahkamlang;
- Qovoqning harakatlanuvchi qismini burmasiga qadar to‘q-jigarrang qalam bilan chizib, so‘ngra yumshoq cho‘tka bilan bo‘yaymiz;
- Endi ko‘zning ichki va tashqi burchagini to‘q qizil yoki yoqutrang ten bilan bo‘yaymiz, biroq markaziy qismigacha emas.
- Ana endi qovog‘ingizning markaziy qismiga barmog‘ingiz yordamida tilla-bronza rangli zarlarni suring. Ular ko‘z ostiga ham to‘kilmasligi uchun paxta disklarini qo‘yib turing;
- Qoshlaringizga qalam yordamida urg‘u bering;
- Yuqori va pastki kipriklaringizni qora tush yordamida bo‘yang;
- Makiyaj yakunida labingizga yengil yaltiroq zarralar surib, sevimli rangdagi lab bo‘yog‘i yordamida rang bering.
30 daqiqalik makiyaj
- Krem, tonalka va pudra — bo‘lishi shart bo‘lgan vositalar;
- Lablarga urg‘u bering. Ularni to‘q vino rangidagi qalam va lab bo‘yog‘i bilan bir rangda bo‘yang. Ustidan shu rangdagi yaltiroq zarralarni lablar markaziga suring;
- Yonoqlarga pushtirang rumyana, qora tushni esa faqat ustki kipriklarga suring;
- Qoshlarga qalam yoki ten yordamida shakl bering.
10 daqiqalik makiyaj
Vaqtingiz juda oz, demak tez va aql bilan ish tutish lozim.Rangli zarlarni qotiruvchi sprey bilan aralashtirib, ingichka cho‘tkacha yordamida yuqori kipriklar konturi bo‘ylab sursangiz, so‘nggi trenddagi makiyaj hosil bo‘ladi. Bunda ko‘z ustiga chiziq tortgan (strelka) kabi natija hosil bo‘lishi kerak.
Teriga tonal vositasi, lablarga yaltiroq zarlar va lab bo‘yog‘i surtamiz va siz tayyorsiz!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)