Uylarni tozalash — cheksiz davom etishi mumkin bo‘lgan jarayon. Bir nechta oddiy qoidalar uyingizda tartibni saqlashga ajratadigan vaqtingizni ancha qisqartirishi mumkin.
— Bir nechta vazifani bir vaqtning o‘zida bajaring. Masalan, vanna va rakovinaga tozalash vositasini sepib qo‘yasiz, va ular o‘z ta’sirini ko‘rsatguncha boshqa xonalarni tartibga keltirasiz. Oshxona bilan ham xuddi shunday yo‘l tutish mumkin.
— Tozalash ishlarini eng qiyin ishdan boshlang. Kuchingiz ko‘pligida eng qiyin vazifalarni bajarib olganingiz ma’qul.
— Dastlab gorizontal yuzalardagi changlarni, ana undan so‘ng poldagi changlarni arting.
Endi esa vaqtingiz juda oz, uylarni qisqa vaqt ichida tartibga keltirish kerak bo‘lgan vaziyatlarda asqotuvchi maslahatlarga o‘tamiz.
Ideal darajada shaffof oynalar umumiy tozalikka katta hissa qo‘shadi. Odatda ularni bahor va kuzda yuvamiz, biroq kir va changlar bu haqda bilmaydi va doim to‘planib turadi.
Birinchi navbatda vanna pardachasini yechib, uni kir yuvish mashinasiga joylang va qisqa vaqt ichida yuvish rejimini tanlang. Uni kir yuvish mashinasida yuvib bo‘lishingiz bilan darhol joyiga iling — uning qurishi juda oson.
Keyingi ishlar frontini ikkiga ajratish mumkin: santexnika va gaz plitasi. Ularga tozalash vositasini sepib, 10—15 daqiqaga qoldiramiz. Shundan so‘ng shyotka yoki gubka bilan qolgan dog‘larni suv yordamida tozalaymiz.
Oynalarga esa barcha asosiy ishlar tugagandan keyin va faqat pollarni artish qolganda kirishamiz. Vanna xonasidagi oyna va shkaf eshigidagi oynalarni artib bo‘lishingiz bilan qolgan vaqtni pollarni artish uchun sarflashingiz mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)