Rossiyaning Irkutsk shahrida “Boyarishnik” vannalar uchun konsentratidan zaharlangan 41 kishi olamdan o‘tdi, yana 16 kishiga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ekspertiza konsentrat tarkibida metil spirti va antifriz aniqladi. Flakon yorlig‘ida esa suyuqlik tarkibida etil spirti borligi aytilgan.
Mahalliy politsiya “Boyarishnik” noqonuniy ravishda ishlab chiqarilganini ma’lum qildi. Noqonuniy shirkatga aloqador yetti kishi qo‘lga olindi, voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)