• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Krishtianu Ronaldu qaysi xizmatlari uchun “Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rildi?

    Ko‘plab nashrlar “Oltin to‘p” kimga nasib etishi borasida antiqa so‘rovnomalar o‘tkazib, uning barcha variantlariga Krishtianu Ronaldu nomini yozib chiqqandi. Portugaliyalik futbolchining asosiy raqobatchisi Lionel Messidan bu qadar o‘zib ketishiga sabab nimada edi?

    La Liga

    “Barselona” 2015/16-yilgi mavsumni juda yaxshi boshladi. “Real” ustozi etib Rafael Benitesning tayinlanishi “qirollik klubi” o‘yiniga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. 2015-yilning 21-noyabr kuni dahshatli voqealardan biri sodir bo‘lib, “Barselona” Madridda “Real” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.

    Foto: Sky Sports

    Foto: Sky Sports

    Bellashuvda Krishtianu Ronaldu to‘liq o‘ynadi. Messi esa 57-daqiqaga kelib, aniqrog‘i, maydonda deyarli barchasi hal bo‘lib ulgurgan bir paytda paydo bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, ikki buyuk futbolchining raqobatida tarozining pallasi Messi tomon og‘a boshladi.

    “Barselona”ni to‘xtatib bo‘lmaydigandek ko‘rindi. 2016-yilning 2-apreliga kelib esa bu ishni “Real”ning o‘zi uddaladi. Zidan murabbiy sifatidagi birinchi “El-Klasiko”sida “Kamp Nou”dan g‘alaba bilan qaytdi.

    Messi ham, Ronaldu ham bunda bor edi. Bahs taqdirini Ronalduning 85-daqiqada kiritgan g‘alaba goli hal etdi. Futbolchilar raqobatida tarozining pallasi tenglashdi.

    Foto: Sky Sports

    Foto: Sky Sports

    “Real” mavsum yakuniga qadar katta farqni yo‘qqa chiqara olmasa-da, mavsumni 1 ochkolik farq bilan 2-o‘rinda yakunladi. To‘purarlik Luis Suaresga nasib qildi — 40 ta gol. Krishtianu bu borada ikkinchi bo‘ldi — 35 ta gol. Messi esa 26 ta gol bilan uchlikdan joy oldi.

    Foto: Championat.com

    Foto: Championat.com

    Mana shu holatda ham tarozining pallasi Krishtianu Ronaldu tomoniga og‘masdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham “Barselona” La Liga oltinlariga ega chiqib olgandi.

    Chempionlar Ligasi

    Krishtianu Ronalduning to‘rtinchi “Oltin to‘p”iga eng katta xizmat qilgan turnir bu so‘zsiz Chempionlar Ligasidir.

    “Barselona” o‘z oyog‘iga ¼ finaldayoq bolta urib, “Atletiko” dovonidan o‘ta olmadi. “Real” esa finalda “Atletiko”ni taslim qilib, bosh sovringa ega chiqdi. Penaltilar seriyasiga qadar cho‘zilgan o‘yinda hal qiluvchi beshinchi zarbani Krishtianuning o‘zi amalga oshirdi va “Real” chempion.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Turnirning alohida ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham Ronaldu yetakchilik qildi. 12 ta uchrashuvda ishtirok etgan “Real” a’zosi 16 ta gol urib, ta’qibchilarini o‘ziga yaqinlashtirmadi ham. Chunki 2-o‘rinni olgan Robert Levandovski hisobida 9 ta gol bor edi.

    Foto: Championat.com

    Foto: Championat.com

    To‘g‘ri, jarohati sabab Messi bir qator o‘yinlarni qo‘yib yubordi. 7 ta bellashuvda 6 ta gol Ronalduning natijasi oldida juda oddiy. Biroq Lionelning jarohatida Ronalduning aybi yo‘q. U “Real”da o‘z ishini qildi va yakunda jamoasini chempion qildi.

    La Ligada 40 ta gol urgan Luis Suaresning natijasi ham “Barselona” chorak finalda qolib ketgach o‘z-o‘zidan ko‘kka uchdi. Suares Chempionlar Ligasidagi 9 ta o‘yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

    Terma jamoa

    “Oltin to‘p” sohibi kim bo‘lishi kerak degan savolning yakuniy javobi terma jamoalar tasnifida hal etildi.

    Messi Argentina terma jamoasini Kopa Amerika finaliga qadar boshlab bordi, biroq hal qiluvchi o‘yinda Argentina Chiliga imkoniyatni boy berdi.

    Foto: Goal.com

    Foto: Goal.com

    Argentina terma jamoasi o‘zi ishtirok etadigan har qanday turnirning favoritlaridan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, Messi ketma-ket uchta yirik finalda yengildi. Jahon Chempionatida Germaniya, Kopa Amerikada esa ketma-ket ikki bor Chili bosh sovrinni bermadi.

    Krishtianu Ronaldu harakat qiladigan Portugaliya terma jamoasi esa Yevropada yetakchi hisoblanmaydi. Germaniya, Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlar oldida Portugaliya biroz keyinroq tilga olinadi.

    Shunday bo‘lsa-da, Yevropa Chempionati aynan Portugaliyaning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Krishtianu Ronaldu tarixda ilk bor termasi safida Yevropa chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Ikkita xalqaro musobaqadagi g‘oliblikdan keyin hammasi tushunarli bo‘lib qolgandi. Messining Ispaniya La Ligasi va mamlakat Kubogida muvaffaqiyat qozongani Yevropa Chempionati va Yevropa Chempionlar Ligasidagi g‘oliblik oldida ojiz qoldi.

    Antuan Grizmann hali yosh, qolaversa “Atletiko” na La Ligada, na Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Yevropa Chempionati finalida ham Grizmann to‘p suradigan Fransiya Portugaliya oldida ojiz qoldi.

    pic.twitter.com/Vw4NOcnsCk

    — Omar Momani (@omomani) December 12, 2016

    Shunga qaramay, bir narsani unutmaslik kerak. Bu ikki futbolchini bir-biridan kuchliroq deb bo‘lmaydi. Buni isbotlashning o‘zi absurd. Messida “Oltin to‘p”lar soni 5 ta, Krishtianu esa ularni 4 taga yetkazib oldi. Shunday ekan, har ikki buyuk futbolchini tan olgan holda, ularning o‘yinidan birdek rohatlanish kishiga ko‘proq zavq beradi.

    Jahon futboli esa mana shu yigitlarni ortda qoldirib ketadigan yangi qahramonni kutmoqda. Sizningcha u kim bo‘ladi?

    [playbuzz-item playbuzz_url="https://www.playbuzz.com/muhrima10/messi-va-ronaldu-erasiga-qaysi-futbolchi-yakun-yasab-beradi"]

    13.12.2016, 10:43   Izoh (0)   26497
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi 1/16 finalida “Sent-Etyen”ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi

    12.12.2016, 17:52

    Yozef Blatter: FIFA bosh kotibi futbol haqida hech narsa bilmaydi

    11.12.2016, 10:01

    Toshkentlik grossmeyster Timur Gareyev bir yo‘la 48 kishi bilan shaxmat o‘ynab, jahon rekordini o‘rnatdi

    11.12.2016, 09:21

    Meksikada WBA yo‘nalishida jahon chempionligiga sobiq da’vogar bokschi o‘ldirildi

    10.12.2016, 19:01

    XOQ doping tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

    08.12.2016, 10:16

    Obid Asomov: “Lokomotiv”ning O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritishida mening ham hissam bor

    03.12.2016, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.