Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har birimiz sochlarimizning uzun, quyuq va chiroyli bo‘lishini orzu qilamiz. Lekin, yaxshi o‘smaydigan, to‘kiladigan, rangi xira va mo‘rt bo‘lib qolgan sochlarni qanday parvarishlash mumkin? Sochlarning sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi qanday sabablar bor?

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Suv. Organizmning normal faoliyatini ta’minlash uchun, bir kunda 2 litrgacha ichimlik suvi ichish zarur. Aks holda, vaqti-vaqti bilan o‘zingizni yomon his qilasiz, bu esa sochlaringiz sog‘ligi va go‘zalligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Ovqatlanish. Oqsilga boy mahsulotlarni, ayniqsa, loviya, go‘sht, baliq va ko‘katlarni ko‘proq iste’mol qiling.

Vitaminlar haqida unutmang. Iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda yetishmaydigan vitaminlarni polivitaminlar kompleksidan topishingiz mumkin.

Sochlaringizni kokos yog‘i bilan uqalasangiz, soch ildizlari jonlanadi. Bir-ikki oydan so‘ng esa, buning samarasi yaqqol seziladi.

Uyqu oldidan sochlaringiz uchiga bir oz kanakunjut yoki chakamug‘ moyidan surib qo‘ying.

Shuni esda tutingki, hech qachon sochlaringizni ho‘lligida taramang va sochiq bilan o‘ramang! Bular sochlaringiz to‘kiluvchanligiga olib keladi. Sochingizni ehtiyotlik bilan, bir kunda bir marta tarasangiz yetadi.

Shuningdek, sochlaringiz uchun niqob va konditsionerlarni ham unutmang. E’tibor va parvarishlar natijasida sochlaringiz quyuq va chiroyli bo‘lib o‘sadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi