USADA rahbari Rossiyani Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan chiqarib tashlashga chaqirdi

AQSh antidoping agentligi (USADA) rahbari Trevis Taygart Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ga doping tizimini yaratgani uchun Rossiyani jazolash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

USADA rahbarining fikricha, XOQ Rossiya olimpiya terma jamoasini Rio–2016 o‘yinlaridan oldin jazolashi kerak edi.

Taygartning aytishicha, Richard Maklaren boshchiligidagi Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning mustaqil komissiyasi hisobotining ikkinchi qismidan so‘ng XOQda Rossiya olimpiya qo‘mitasini tashkilot a’zoligidan vaqtincha chetlashtirish va Rossiyaga xalqaro turnirlarni o‘tkazishga ruxsat bermaslik uchun yana bir imkoniyat paydo bo‘ldi.

“Rossiyada doping bilan ishlash tizimi tegishli normalarga o‘zgarmagunicha shunday qilish kerak. Shu yo‘l orqali XOQ ‘toza sportchilarni’ qo‘llab-quvvatlashi quruq gap emasligiga signal bergan bo‘lar edi”, – dedi Taygart.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing