AQShning Vashington shtati, Sietl shahrida olmaxon bir sutka davomida Rojdestvo bayramiga mo‘ljallangan chiroqlar marjonidan 150 ta rangli chiroq o‘g‘irladi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Bu yil yangi o‘g‘rini aniqladik. U kichik olmaxon bo‘lib chiqdi va biz uni ‘Lampalar o‘g‘risi’ deb atadik. Yaramas jonzot chiroqlar bilan o‘z inini bezatishiga umid qilamiz, ammo olmaxon lampalarni ovqat deb o‘ylayapti”, – dedi video muallifi Margaret Rikon.
Avvalroq Margaret Rikon olmaxonning chiroqni o‘g‘irlab, archaga sakragan videosini ham YouTube’ga joylagandi.
Olmaxonning kelgusi taqdiri haqida hech qanday ma’lumotlar kelitirilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.