National Geographic namoyish qilgan suratda tog‘lar uzra tungi osmon va charaqlab turgan yulduzlarni ko‘rish mumkin. Bir qarashda bu oddiy suratga o‘xshaydi, ammo aslida unday emas.
San-fransiskolik kinorejissor va operator Kevin Vulf Yosemit milliy bog‘idagi tog‘ni kunduzgi vaqtda suratga tushirdi. Tog‘ga tutash suvda tog‘ va daraxtlar aks etdi; yaltirab turgan shag‘al va qum esa porlab turgan yulduzlarni eslatdi. Shu tufayli, Kevin fotosuratni teskarisiga ag‘dardi (suvdagi tog‘ aksini yuqoriga qilib), natijada kun tunga aylanib qoldi.
Izoh (0)