Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 15-turidan joy olgan ikkinchi bellashuvda Turinning “Yuventus” klubi zafar quchib, peshqadamligini mustahkamladi.
Paulo Dibala maydonga tushmagan uchrashuvda “keksa senyora” 3:1 hisobida zafar quchdi. 15 ta o‘yinning 3 tasida mag‘lub bo‘lgan va 12 tasida zafar quchgan “Yuventus” o‘zini ta’qib qilishda davom etayotgan “Roma” va “Milan” klublaridan shu tariqa 7 ochkoga o‘zib ketdi.
Bugun — 4-dekabr kuni turning markaziy o‘yini Rim shahrida o‘tib, “Olimpiko” stadionidagi derbida “Latsio” va “Roma” klublari o‘zaro kurash olib boradi.
Italiya A seriyasi 15-tur o‘yini 3-dekabr, shanba
“Yuventus” — “Atalanta” 3:1
Gollar: Aleks Sandro, 15 (1:0). Daniele Rugani, 19 (2:0). Mario Manjukich, 64 (3:0). Remo Froyler, 82 (3:1).4-dekabr, yakshanba“Milan” — “Krotone”“Latsio” — “Roma”“Peskara” — “Kalyari”“Sampdoriya” — “Torino”“Sassuolo” — “Empoli”“Fiorentina” — “Palermo”
5-dekabr, dushanba“Kyevo” — “Jenoa”“Udineze” — “Bolonya”
Izoh (0)