Barselonadagi (Ispaniya) “El-Prat” aeroporti farroshlari besh kundan buyon o‘z vazifasini bajarmayapti, buning oqibatida terminallarda ko‘p miqdorda utilizatsiya qilinmagan chiqindi to‘planib qoldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Aeroportga xizmat ko‘rsatuvchi Valoriza Facilities firmasi xodimlari 28-noyabr kuni ish tashlash e’lon qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad — personalni qisqartirib, haydalganlarning vazifalarini qolganlar zimmasiga maoshni oshirmagan holda yuklayotgan kompaniyadagi ahvolga jamoatchilik e’tiborini qaratish.
Ish tashlash chog‘ida farroshlar hojatxonalarni yig‘ishtirishda davom etdi, ammo zallar va ofislardan chiqindi olib chiqilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyida olingan ko‘plab fotosuratlar paydo bo‘ldi.
https://www.instagram.com/p/BNha-trAKKS/
Izoh (0)