Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning farzandlari aralash jang san’atlari bo‘yicha murabbiylari Abdulkarim Edilovga Porsche Panamera avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda Edilov Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilib, mashinaning suratini ham joylashtirdi, deb xabar beradi “Argumenti i fakti”.

Foto: Kreml

Foto: Kreml

“Allohga shukur, menga bu hayotda hamma narsa, ayniqsa, Ahmad, Eli va Adam ukalarimni ato etdi. Biz ular bilan juda ko‘p vaqtni birga o‘tkazamiz, ularga mehrimni so‘z bilan ifodalash qiyin. Kecha tug‘ilgan kunimda ular menga orzu qila olmagan sovg‘amni — Porsche Panamera mashinasini tortiq qildi”, — deb yozdi 24 yoshli murabbiy.

Foto: Instagram / @abdul_kerim_edilov

Foto: Instagram / @abdul_kerim_edilov

Shuningdek, u shogirdlarining otasi Ramzan Qodirovga minnatdorlik bildirdi.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ramzan Qodirovning olti qizi va to‘rt o‘g‘li bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan