Noma’lum xakerlar 25-noyabr, juma kuni San-Fransiskodagi yengil metroning chiptalar sotish kompyuter tizimini buzdi. Oqibatda chipta avtomatlarining aksariyatida “Ishlamayapti” va “Metro tekin” degan e’lonlar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Vesti.Hi-tech”.
Buzilgan mashinalar displeyi “Sizni buzishdi, barcha ma’lumotlar shifrlandi. Kalitni qo‘lga kiritish uchun (yandex.com domenidagi manzil bilan) bog‘laning” degan xabar chiqqan. Metro vakili tashkilot muammoning yechimi ustida ish olib borayotganligini ma’lum qilgan.
Jurnalistlar ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha hujum tashkilotchilari bilan bog‘langanda, ular metro bilan kelishuvga borishga va chiptalar sotish tizimini qayta tiklashga tayyor ekanligini tasdiqlagan.
Transport kompaniyasi xakerlarga pul to‘lashga rozi bo‘lish-bo‘lmasligi yoki tizimni mustaqil ravishda tiklashi noma’lum.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)