Filippin politsiyasi AQSh elchixonasi binosi yaqinida aniqlangan bombani zararsizlantirdi. Bu haqda, Davlat departamenti bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea 28-noyabr ertalabki soatlarida ro‘y berdi. Bomba binodan 250 metr janubroqdagi axlat konteynerida topildi.
Huquq-tartibot organlari xodimlari diplomatik vakolatxona atrofidagi hududni o‘rab oldi.
Hech kim zarar ko‘rmadi. Politsiya javobgarlarni aniqlash maqsadida tergov ishlarini boshlab yubordi.
Izoh (0)