Rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) amaldagi prezidenti Alisher Usmonovning ushbu lavozimga qayta saylanishi jahon qilichbozligi uchun chinakam g‘alaba bo‘ldi. Bu haqda Rossiya qilichbozlik federatsiyasi rahbari Aleksandr Mixaylov “TASS”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
27-noyabr kuni rossiyalik biznesmen FIE prezidentligiga qayta saylandi. U yagona nomzod bo‘lgani bois ovoz berish talab etilmadi, barcha delegat uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashi kifoya qildi.
“Albatta, Alisher Burxonovichning FIE prezidenti lavozimiga qayta saylanishi jahon qilichbozligining g‘alabasi bo‘ldi. Uning rahbarlikka kelishi bilan jahonda qilichbozlikning rivojlanish sur’atlari ikki barobarga tezlashdi. Juda ko‘p qiziqarli loyihalar paydo bo‘ldi, bundan tashqari, FIE’ning moliyaviy ahvoli juda barqarordir”, — ta’kidladi Mixaylov.
Izoh (0)