Iroq kurdlarining “Peshmerga” harbiylashgan militsiyasi Mosul yaqinida yazidlarning ikki ommaviy qabrini aniqladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, qabrlarda kamida 18 kishining qoldiqlari topildi. Asosan yazidlar istiqomat qiluvchi Sinjor shahri hokimining so‘zlariga qaraganda, ushbu qabrlarning topilishi bilan shu paytgacha aniqlangan bunday ommaviy qabrlar soni 29 taga yetdi.
Yazidlar — kurdlarning diniy-etnik guruhi bo‘lib, ular 2014-yil yozida, Sinjor IShID qo‘liga o‘tganida zo‘ravonlik va qirg‘inga uchragan edi. IShID jangarilari “g‘ayridin” hisoblanuvchi minglab yazidlarni o‘ldirib yuborgani ma’lum.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)