Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliya razvedka jamiyatining yuqori mansabli amaldorlari IShID guruhining eng xavfli terrorchilaridan biri, ushbu mamlakat fuqarosi bo‘lgan Nil Prakash hibsga olingani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, deb yozadi “TASS” ABC telekanaliga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Melburnlik Nil Prakash yaqin vaqtlargacha Avstraliyada eng ko‘p qidirilgan terrorchilardan biri bo‘lib kelgan. Ammo 2016-yil may oyi boshida mudofaa vaziri Maris Peyn u Mosul shahri tashqarisida uyushtirilgan aviahujumda yo‘q qilinganini e’lon qildi.

NYT gazetasi esa 24-noyabr, payshanba kuni bahorda olib borilgan aviahujumda jinoyatchi faqat yaralanganini, uni yaqinda Yaqin Sharq mamlakatlaridan birida qo‘lga olishganini xabar qildi.

Avstraliya huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Prakash IShID iyerarxiyasida yuqori mansabni egallagan, ushbu terrorchilik guruhining bosh targ‘ibotchilaridan biri bo‘lgan, qator mamlakatlar, shu jumladan, Avstraliyada teraktlar tayyorlashda qatnashgan, targ‘ibot va yollash faoliyatini olib borgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi