Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Janubiy Kuril orollarida Rossiya raketa majmualari joylashtirilganidan afsusda ekanligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz diplomatik kanallar orqali o‘z afsusimizni yetkazdik, chunki mazkur holat mamlakatimiz bu borada tutgan mavqega to‘g‘ri kelmaydi. Janubiy Kurilning to‘rt oroli masalasidagi qarashlarimiz ham o‘zgarmagan”, — deya ta’kidladi Abe.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning “Bastion” va “Bal” raketa majmualari Kuril orollarida 22-noyabr, seshanba kuni joylashtirildi. “Bastion” Iturup, “Bal” esa Kunashir orolida navbatchilik o‘taydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)