AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi 18 yoshli qiz bir necha maktabni birlashtiruvchi kompyuter tarmog‘iga hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda okrug prokurori Jon Pek The Pittsburgh Tribune-Review gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, birinchi marta maktab o‘quvchisiga nisbatan bu turdagi ayblov ilgari surilmoqda. Prokuror tergov natijalariga tayangan holda uchta DDoS-hujum 31-oktabr kuni amalga oshirilganini aytib o‘tdi. Har bir hujum 10–45 daqiqa davom etdi. Buning oqibatida uchta ta’lim markazi faoliyati izdan chiqdi, shtatdagi turli idoralar hamda Grinsberg degan joydagi katolik ibodatxonasi kompyuter tarmoqlari zarar ko‘rdi.
Kiberhujumlarni tashkil etish uchun qiz o‘z maktabidagi va uyidagi kompyuterlardan foydalandi.
Uch haftalik tekshirishlardan so‘ng gumondor maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi. Ish yuzasidan dastlabki eshituvlar 20-dekabrga belgilangan.
Izoh (0)