AQSh harbiysi Suriya shimolida halok bo‘ldi. Bu haqda AQShning Yaqin Sharqdagi markaziy harbiy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
IShID terrorchilik guruhiga qarshi Xalqaro ittifoq qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Stiven Taunsenning ma’lum qilishicha, amerikalik harbiy Ayn-Issa shahri yaqinida qo‘lbola bombaning portlashi oqibatida jarohat olib, keyin halok bo‘ldi.
Halok bo‘lgan harbiyning shaxsi va unvoni haqidagi ma’lumotlar sir saqlanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)