Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi kashfiyotchi Jozef Xersher sakrayotgan kuchukcha yordamida kurka go‘shti tayyorlashga mo‘ljallangan moslama yaratdi. Kuchukcha sakrashi asnosida ovqat tayyorlayotgan moslama aks etgan video ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Videoda ko‘rinishicha, kuchukcha moslama ustida sakraydi, uning harakati ta’sirida sabzavot to‘g‘ralib, kurka ichiga solinadi.
http://imgur.com/gallery/4W3v12V
Kashfiyotchi o‘zining YouTube’dagi kanalida shu va boshqa kashfiyotlari namoyish etiladigan videoroliklarni joylashtirib boradi.
Izoh (0)