Qirilib ketgan uchmaydigan dodo qushining (Mavrikiy dronti) skeleti Britaniyaning Summers Place auksionida shaxsiy kolleksionerga 430 ming dollarga sotildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Skelet 40 yil davomida to‘plangan turli suyaklardan terib chiqilgan edi.
Hind okeanidagi Mavrikiy orolida istiqomat qilgan dodo qushi 1598-yilda ushbu orolni o‘z mustamlakasiga aylantirgan gollandiyalik dengizchilar tomonidan aniqlangan.
Qushning ovlanishi, shuningdek, o‘rmonlarning kesib tashlanishi dodo qushining 100 yildan kamroq vaqt ichida butunlay yo‘qolib ketishiga olib keldi. Oxirgi marta qush tabiatda 1662-yili kuzatilgan edi.
Izoh (0)