Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida O‘zbekistonda Rossiya kunlarining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekistonda Rossiyaning teatr, musiqa, tasviriy, fotografiya, xoreografiya san’atlari namoyandalarining ijodi xalq e’tiboriga havola etilmoqda.
“Oltin kuz” xalqaro san’at festivali doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir Rossiya madaniyatiga doir yorqin namunalardan lavhalarni namoyish etadi, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy, do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir “Terema” rus xalq cholg‘ulari yoshlar orkestri konserti bilan boshlandi. Shuningdek, “Rossiya qalbi” deb nomlangan bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)