O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev ota bo‘ldi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar berdi.
“Lokomotiv”ning o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempioni bo‘lishi 17-noyabr sanasiga to‘g‘ri keldi. Ertasi kuni esa Islom To‘xtaxo‘jayev o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu uning birinchi farzandidir.
Izoh (0)